SAM Smart Security Service logotipiSAM SMARTSecurity Service

Ombor va zavod uchun videokuzatuv, turniket va shlagbaum

Katta hududda muhim uch narsa: perimetr va darvozani nazorat qilish, kim qachon kirib-chiqqanini bilish va yuklash hamda sexlarda nima bo‘layotganini ko‘rish.

Odatda nima o‘rnatiladi

  • Perimetr va hovliga tashqi kameralar, katta maydonga PTZ (aylanuvchi) kamera
  • Darvozada shlagbaum va raqam taniydigan kamera
  • Xodimlar kirishida turniket va Face ID bilan davomat
  • Sex va omborlarda baland o‘rnatiladigan kameralar
  • Uzoqdagi binolar va kameralar uchun optik liniya
  • Qo‘riqchi postida monitorlar, markaziy registrator

Namuna smeta

Namuna: ombor + ofis, bitta darvoza

Ichki kamera o‘rnatish va sozlash · 8 dona1 920 000 so‘m
Tashqi kamera (fasad, 3 m gacha) · 10 dona2 760 000 so‘m
PTZ (aylanuvchi) kamera · 1 dona600 000 so‘m
Registrator (16 kanaldan ko‘p) · 1 tizim400 000 so‘m
Telefondan ko‘rishni sozlash (3 telefongacha) · 1 tizim100 000 so‘m
Yuz taniydigan terminal (20 kishigacha) · 1 dona200 000 so‘m
Kompyuterda dastur (davomat, hisobot) · 1 ish joyi300 000 so‘m
Tripod turniket o‘rnatish · 1 dona1 200 000 so‘m
Shlagbaum (poydevor, 220 V, pultlar) · 1 dona1 600 000 so‘m
Optik tola payvandlash · 8 tola400 000 so‘m
Kabel mavjud truba yoki lotokka · 600 metr3 000 000 so‘m
Ish haqi
12 480 000 so‘m
Material (kabel, taxminiy)
2 400 000 so‘m
Jami (uskunasiz)
14 880 000 so‘m

Faqat ish haqi va kabel uchun taxminiy material; uskuna, yo‘l haqi va QQS alohida. Narxlar ochiq narx ro‘yxatimizdan hisoblangan.

Kalkulyatorda o‘zgartirish

Nimaga e’tibor berish kerak

100 metrdan uzoqdagi kameralar va binolar uchun oddiy kabel o‘rniga optika tortiladi — u chaqmoq va shovqindan ta’sirlanmaydi.

3 metrdan baland ishlarda (sex shifti, ustunlar) kamera o‘rnatish narxi ×1,2–1,4 hisoblanadi — bu smetada ko‘rsatiladi.

Tungi perimetr uchun infraqizil yoritgichli yoki rangli tungi tasvirli (ColorVu) kameralar tanlanadi.

Tegishli xizmatlar

Foydali maqolalar

Savollar

Ishni bosqichma-bosqich qilsa bo‘ladimi?

Ha. Avval perimetr va darvoza, keyin ichki sexlar va SKUD. Registrator va tarmoqni boshidan kengaytirishga mo‘ljallab tanlaymiz.

Pul o‘tkazish va QQS bilan ishlaysizmi?

Ha, korxonalar bilan shartnoma asosida bank orqali ishlaymiz; QQS kerak bo‘lsa smetaga 12% qo‘shiladi.

Obyektingizni ko‘rib, aniq smeta beramiz — Samarqand ichida bepul.

+998 33 334 44 42