Kafolat, yetkazib berish va qaytarish
Tahrir sanasi: 26.09.2026
Tovarlarga kafolat
- Tovarlarga ishlab chiqaruvchi belgilagan kafolat muddati amal qiladi. Muddat tovar hujjatlarida yoki kafolat talonida ko‘rsatiladi.
- Kafolat bo‘yicha murojaat qilish uchun tovarni xarid hujjati (chek, nakladnoy yoki hisob-faktura) bilan do‘konga olib keling yoki bizga qo‘ng‘iroq qiling.
- Tovar diagnostika qilinadi; nosozlik kafolat holati bo‘lsa, tovar ta’mirlanadi, almashtiriladi yoki qonunda belgilangan tartibda pul qaytariladi.
O‘rnatish ishlariga kafolat
- Biz bajargan o‘rnatish ishlariga 12 oy kafolat beramiz.
- Kafolat muddatida bizning ishimiz sababli yuzaga kelgan nosozliklar bepul tuzatiladi.
Kafolat qo‘llanilmaydigan hollar
- Mexanik shikastlanish, suv yoki namlik tushishi, kuchlanish sakrashi, chaqmoq.
- Uchinchi shaxslar tomonidan o‘rnatish, ta’mirlash yoki qayta sozlash.
- Ishlab chiqaruvchi tavsiyalariga zid foydalanish.
- Kafolat plombalari yoki seriya raqami shikastlanganda.
Tovarni almashtirish va qaytarish
- Sifatli tovarni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda (xarid kunidan keyin 10 kun ichida) almashtirish mumkin: tovar ishlatilmagan, qadog‘i, yorliqlari va to‘liq to‘plami saqlangan hamda xarid hujjati bo‘lishi kerak. Mos tovar bo‘lmasa, pul qaytariladi.
- Qonunchilikda almashtirilmaydigan deb belgilangan tovarlar bundan mustasno.
- Nuqsonli tovar bo‘yicha talablar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.
- Pul to‘lov qilingan usulda qaytariladi.
Yetkazib berish
- Do‘kondan olib ketish: Dagbitskaya ko‘chasi 11, Samarqand.
- Samarqand shahri va viloyati bo‘ylab yetkazib berish muddati va narxi buyurtma tasdiqlanganda kelishiladi.
- O‘rnatish bilan buyurtmada uskunani o‘rnatuvchilarimiz o‘zlari olib kelishadi.
To‘lov
- Naqd pul, Uzcard/Humo kartalari yoki bank o‘tkazmasi.
- Narxlar QQSsiz. Yuridik shaxslar uchun 12% QQS bilan hisob-faktura beriladi.