Ofis uchun Face ID, videokuzatuv va kompyuter tarmog‘i
Ofisda xavfsizlik va IT bir-biriga bog‘liq: eshik yuz yoki karta bilan ochiladi, davomat avtomatik hisoblanadi, kameralar va kompyuterlar bitta ishonchli tarmoqda ishlaydi.
Odatda nima o‘rnatiladi
- Kirish eshigida Face ID terminal, elektromagnit qulf va eshik yopgich
- Davomat dasturi va oylik hisobot
- Qabulxona, yo‘lak va kirishga kameralar
- Har bir ish joyiga LAN rozetka, shiftga Wi-Fi nuqtalar
- Server shkafi, UPS va zaxira nusxa
- Mehmonlar uchun alohida Wi-Fi
Namuna smeta
Namuna: 12 ish joyli ofis
| Ichki kamera o‘rnatish va sozlash · 6 dona | 1 200 000 so‘m |
| Registrator (16 kanalgacha), disk bilan · 1 tizim | 250 000 so‘m |
| Telefondan ko‘rishni sozlash (3 telefongacha) · 1 tizim | 100 000 so‘m |
| Elektromagnit qulf · 1 dona | 250 000 so‘m |
| Eshik yopgich · 1 dona | 150 000 so‘m |
| Yuz taniydigan terminal (20 kishigacha) · 1 dona | 200 000 so‘m |
| Kompyuterda dastur (davomat, hisobot) · 1 ish joyi | 300 000 so‘m |
| LAN nuqta: 60 m gacha kabel, rozetka, test · 12 nuqta | 2 640 000 so‘m |
| Wi-Fi nuqta o‘rnatish va sozlash · 2 dona | 240 000 so‘m |
| Router sozlash (GPON, Wi-Fi, mehmon tarmog‘i) · 1 dona | 100 000 so‘m |
| Kabel kabel-kanalda · 80 metr | 720 000 so‘m |
- Ish haqi
- 6 150 000 so‘m
- Material (kabel, taxminiy)
- 320 000 so‘m
- Jami (uskunasiz)
- 6 470 000 so‘m
Faqat ish haqi va kabel uchun taxminiy material; uskuna, yo‘l haqi va QQS alohida. Narxlar ochiq narx ro‘yxatimizdan hisoblangan.
Kalkulyatorda o‘zgartirishNimaga e’tibor berish kerak
Kameralar va kompyuterlarni alohida tarmoq qismlariga (VLAN) ajratish xavfsizroq va tezroq.
Server shkafiga UPS qo‘ying: svet qisqa o‘chsa ham registrator va router ishlab turadi.
Face ID terminal eshik oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh tushmaydigan joyga o‘rnatiladi.
Tegishli xizmatlar
Foydali maqolalar
Savollar
Ofis ishlab turganda o‘rnatsa bo‘ladimi?
Ha. Shovqinli ishlarni kechqurun yoki dam olish kuni qilamiz, tarmoqni esa uzilishsiz almashtirishni rejalashtiramiz.
Xodim ketsa nima qilinadi?
Uning yuzi yoki kartasi bazadan bir daqiqada o‘chiriladi — qulf yoki kalitni almashtirish kerak emas.
Obyektingizni ko‘rib, aniq smeta beramiz — Samarqand ichida bepul.
+998 33 334 44 42