SAM Smart Security Service logotipiSAM SMARTSecurity Service

Maktab uchun xavfsizlik tizimlari: turniket, Face ID, videokuzatuv

Maktab, litsey, bog‘cha va o‘quv markazlarida asosiy vazifa — begona odamni ichkariga kiritmaslik, o‘quvchilar kelib-ketishini bilish va hovli hamda yo‘laklarda nima bo‘layotganini ko‘rib turish.

Odatda nima o‘rnatiladi

  • Kirishda tripod turniket va yuz taniydigan terminal — o‘quvchi va xodimlar davomati
  • Kirish, yo‘laklar, zinalar, oshxona va hovliga kameralar
  • Darvoza va tashqi perimetrga ko‘cha kameralari
  • Qo‘riqchi xonasida monitor va arxiv
  • Qo‘riqchi yoki ma’muriyat uchun tashvish tugmasi
  • Kompyuter xonasi va o‘qituvchilar uchun tarmoq va Wi-Fi

Namuna smeta

Namuna: bitta kirishli maktab

Ichki kamera o‘rnatish va sozlash · 12 dona2 400 000 so‘m
Tashqi kamera (fasad, 3 m gacha) · 4 dona920 000 so‘m
Registrator (16 kanalgacha), disk bilan · 1 tizim250 000 so‘m
Telefondan ko‘rishni sozlash (3 telefongacha) · 1 tizim100 000 so‘m
Yuz taniydigan terminal (20 kishigacha) · 2 dona400 000 so‘m
Kompyuterda dastur (davomat, hisobot) · 1 ish joyi300 000 so‘m
Tripod turniket o‘rnatish · 1 dona1 200 000 so‘m
Tashvish tugmasi · 1 dona200 000 so‘m
Kabel kabel-kanalda · 400 metr3 600 000 so‘m
Ish haqi
9 370 000 so‘m
Material (kabel, taxminiy)
1 600 000 so‘m
Jami (uskunasiz)
10 970 000 so‘m

Faqat ish haqi va kabel uchun taxminiy material; uskuna, yo‘l haqi va QQS alohida. Narxlar ochiq narx ro‘yxatimizdan hisoblangan.

Kalkulyatorda o‘zgartirish

Nimaga e’tibor berish kerak

Turniket yonida keng eshik yoki kalitka albatta qoldiriladi: evakuatsiya, nogironlar aravachasi va yuk uchun.

Ertalab oqim katta bo‘ladi — 600 dan ortiq o‘quvchili maktabda ikki turniket qo‘yish tavsiya etiladi.

Sinf xonalariga kamera qo‘yishdan oldin ota-onalar va o‘qituvchilar bilan kelishib oling; odatda yo‘lak va umumiy joylar yetarli.

Tegishli xizmatlar

Foydali maqolalar

Savollar

Pul o‘tkazish va QQS bilan ishlaysizmi?

Ha. Bank orqali pul o‘tkazish mumkin, QQS kerak bo‘lsa smetaga 12% qo‘shiladi. Shartnoma va hujjatlarni tayyorlab beramiz.

O‘quvchilar yuzini bazaga kim kiritadi?

O‘rnatish narxiga 20 kishigacha kiritish kiradi. Ko‘p o‘quvchili maktabda ro‘yxatni kompyuter dasturi orqali yuklaymiz yoki ma’muriyat xodimini o‘rgatamiz.

Obyektingizni ko‘rib, aniq smeta beramiz — Samarqand ichida bepul.

+998 33 334 44 42