SAM Smart Security Service logotipiSAM SMARTSecurity Service

Do‘kon uchun videokuzatuv va signalizatsiya

Do‘kon egasi uchun eng muhimi — kassada nima bo‘layotganini, savdo zali va omborni istalgan joydan telefonda ko‘rish, tunda esa kimdir kirsa darhol bilish.

Odatda nima o‘rnatiladi

  • Kassa ustiga yuqori sifatli kamera — pul va chekni ko‘rish uchun
  • Savdo zali va javonlar orasiga keng burchakli kameralar
  • Ombor va orqa eshikka kamera
  • Kirish va ko‘chaga tashqi kamera
  • Telefondan jonli ko‘rish va arxiv
  • Tunda signalizatsiya: harakat va eshik datchiklari, sirena

Namuna smeta

Namuna: kichik do‘kon, 1 kassa

Ichki kamera o‘rnatish va sozlash · 4 dona800 000 so‘m
Tashqi kamera (fasad, 3 m gacha) · 1 dona230 000 so‘m
Registrator (16 kanalgacha), disk bilan · 1 tizim250 000 so‘m
Telefondan ko‘rishni sozlash (3 telefongacha) · 1 tizim100 000 so‘m
Signalizatsiya markazi (Ajax / AX PRO) va ilova · 1 dona300 000 so‘m
Simsiz datchik · 3 dona180 000 so‘m
Kabel kabel-kanalda · 60 metr540 000 so‘m
Ish haqi
2 400 000 so‘m
Material (kabel, taxminiy)
240 000 so‘m
Jami (uskunasiz)
2 640 000 so‘m

Faqat ish haqi va kabel uchun taxminiy material; uskuna, yo‘l haqi va QQS alohida. Narxlar ochiq narx ro‘yxatimizdan hisoblangan.

Kalkulyatorda o‘zgartirish

Nimaga e’tibor berish kerak

Kassa kamerasi kassirning yelkasi ortidan, taxminan 2,5 metr balandlikdan qo‘yiladi — shunda pul, chek va terminal ekrani ko‘rinadi.

Arxivni kamida 2–3 hafta saqlang: kamomad ko‘pincha inventarizatsiyada, bir necha kundan keyin aniqlanadi.

Signalizatsiya va kameralar bitta ilovada bo‘lsa, tungi xabar kelganda darhol videoni ko‘rish mumkin.

Tegishli xizmatlar

Foydali maqolalar

Savollar

Kassadagi pul aniq ko‘rinadimi?

Kassa ustiga 4 MP yoki undan yuqori kamera to‘g‘ri burchakda qo‘yilsa, pul va chek odatda aniq ko‘rinadi. Joyini ko‘rikda birga tanlaymiz.

Bir nechta do‘konni bitta telefonda ko‘rsa bo‘ladimi?

Ha. Har bir do‘kon registratori ilovaga qo‘shiladi va hammasi bitta ro‘yxatda ko‘rinadi.

Obyektingizni ko‘rib, aniq smeta beramiz — Samarqand ichida bepul.

+998 33 334 44 42