SAM Smart Security Service logotipiSAM SMARTSecurity Service

Montajchi: xavfsizlik tizimlarini o‘rnatuvchi (shaxsiy Damas yoki furgon bilan)

SamarqandTo‘liq ish kuniMaosh suhbat asosida

Samarqand shahri va viloyatidagi obyektlarda videokuzatuv, domofon, kirish nazorati, signalizatsiya va tarmoqni o‘rnatadigan montajchi kerak. Uskuna va materiallarni obyektga o‘zingiz olib borasiz, shuning uchun shaxsiy Damas, Labo yoki furgon shart.

Ariza topshirish

Vazifalar

  • Kamera, registrator, domofon, SKUD, turniket va signalizatsiyani o‘rnatish
  • Kabel yotqizish (gofra, kabel-kanal, devor ichida), konnektor ulash
  • Uskunani sozlash va mijozga ishlatishni ko‘rsatish
  • Uskuna va materiallarni ombordan obyektga yetkazish
  • Texnik xizmat va ta’mirlash chaqiruvlariga chiqish

Talablar

  • Shaxsiy avtomobil: Damas, Labo yoki furgon
  • B toifali haydovchilik guvohnomasi
  • Balandlikda (narvon, zina) ishlashga tayyorlik
  • Mas’uliyat, aniqlik, mijoz bilan to‘g‘ri muomala

Afzallik beriladi

  • Kamera o‘rnatish, elektr yoki internet provayderda ishlash tajribasi
  • IP kamera va registratorni sozlashni bilish
  • Optik tolani payvandlash tajribasi

Biz taklif qilamiz

  • Samarqand shahri va viloyatidagi obyektlar
  • Avtomobil va yoqilg‘i xarajatlari suhbatda kelishiladi
  • Hikvision, Dahua, IMOU, Ajax uskunalari bilan ishlash va o‘qitish
  • Maktab, idora, zavod va davlat tashkilotlari loyihalari
  • Maosh: suhbat asosida

Ariza topshirish

Rezyumeni Telegram orqali yuborish: @samsmartuz

Qanday ishga olamiz

  1. 1

    Ariza

    Saytdagi forma yoki Telegram orqali.

  2. 2

    Telefon suhbati

    Arizani ko‘rib chiqib, qo‘ng‘iroq qilamiz.

  3. 3

    Ofisda suhbat

    Tajribangiz va vazifalar haqida gaplashamiz.

  4. 4

    Amaliy topshiriq

    Lavozimga mos qisqa sinov.

  5. 5

    Ishga qabul

    Taklif va ish boshlash sanasi.

Boshqa vakansiyalar